» » La Liga. Paulinyo “Barsa” uchun gol urdi, Dembeleda jarohat, “Real” va nihoyat zafar quchdi

La Liga. Paulinyo “Barsa” uchun gol urdi, Dembeleda jarohat, “Real” va nihoyat zafar quchdi


Ispaniya La Ligasining 4-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Madridning “Real” klubi mavsumni g‘alaba bilan boshlaganiga qaramay, keyingi ikki turda durang qayd etgandi. Bu safar Zidan jamoasi San-Sebastyan shahridan 3 ochko olib qaytdi. Garet Beyl gol urib, muxlislarni xursand qildi. Karim Benzema va Krishtianu Ronalduning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilgan Mayoral ham raqib postiga yo‘l topdi. “Real Sosyedad” bunga qadar 3 ta o‘yinda zafar quchib, 100 foizlik natija qayd etib turgandi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi mazkur turda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Transfer oynasi yakuniga bir necha kun qolganida xarid qilinganlardan Paulinyo jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Usmon Dembele esa yarim soat ichida jarohat olib, maydonni tark etdi. Doktorlar fikricha, u kamida 3 oy maydonga tusha olmaydi.

Madridning “Atletiko” klubi yangi qurilgan “Vanda Metropolitano” stadionidagi debyut o‘yinida Antuan Grizmanning yagona goli evaziga zafar quchdi. Bungacha Grizmann diskvalifikatsiya sabab ikki uchrashuvni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgandi.

Ispaniya La Ligasi
4-tur bellashuvlari
16-sentabr, shanba

Gollar: Rodrigo, 31 (0:1). Enis Bardxi, 41 (1:1).

Gollar: Gaku Sibasaki, 39 (1:0). Denis Suares, 62 (1:1). Paulinyo, 84 (1:2).

Gol: Antuan Grizmann, 61 (1:0).

17-sentabr, yakshanba

Gollar: Sedrik Bakambyu, 32 (0:1). Karlos Bakka, 52 (0:2). Sedrik Bakambyu, 62 (0:3).

Gol: Luis Muriel, 69 (0:1).
Noaniq penalti: Aleks Granel, 91+ (J).

Gol: Loik Remi, 87 (1:0).

Gollar: Borxa Mayoral, 19 (0:1). Kevin Rodriges, 28 (1:1). Kevin Rodriges, 36-avt (1:2). Garet Beyl, 61 (1:3).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют