» » “PSJ” bilan o‘yin oldidan repetitsiya muvaffaqiyatli o‘tib, “Barselona” 5:0 hisobida zafar quchdi

“PSJ” bilan o‘yin oldidan repetitsiya muvaffaqiyatli o‘tib, “Barselona” 5:0 hisobida zafar quchdi


Ispaniya La ligasining 26-turidan joy olgan beshta uchrashuv o‘z yakuniga yetib ulgurdi. Shularning 4 tasi 4-mart kuni bo‘lib o‘tdi.

Ligada peshqadam bo‘lib turgan “Barselona” o‘z maydonida “Selta”ni qabul qilib, 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. 8-mart kuni Chempionlar ligasi doirasida “PSJ” klubini qabul qiladigan Kataloniya klubi shu hisobni takrorlay olsa, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Zaxirasida bitta o‘yini bor bo‘lgan Madridning “Real” klubi “Barselona”dan 1 ochko kamroq jamg‘argan. Kecha Zidan jamoasi “Eybar” maydonida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi — 4:1. Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl kabi yetakchi futbolchilar maydonga tushmagan bo‘lsa-da, “Qirollik klubi” o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi.

Ispaniya La ligasi
26-tur
4-mart, shanba

Gol: Darvin Machis, 83 (1:0).

Gollar: Karim Benzema, 14 (0:1). Karim Benzema, 25 (0:2). Xames Rodriges, 29 (0:3). Marko Asensio, 60 (0:4). Ruben Penya, 72 (1:4).

Gollar: Roberto Soriano, 45 (1:0). Diyego Lopes, 80-avt (2:0).

Gollar: Lionel Messi, 24 (1:0). Neymar, 40 (2:0). Ivan Rakitich, 57 (3:0). Samuel Yumtiti, 61 (4:0). Lionel Messi, 64 (5:0).

Опубликовано: admin (5-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 145) ( 0) ( 143) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют