» » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 14,65 so‘mga tushdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 14,65 so‘mga tushdi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yil 19-sentabrdan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 14,65 so‘mga pasaydi va endilikda 1 AQSh dollari 8077,48 so‘mni tashkil etmoqda. Qayd etish joizki, dollar kursi ketma-ket ikkinchi hafta pasaymoqda.

1 yevro o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda 72,52 so‘mga pasayib, 9646,13 so‘mga yetdi. 1 Rossiya rubli 99 tiyinga pasayib, 140,22 so‘mni tashkil etmoqda.

Xorijiy valyutalarning 19-sentabrdan boshlab so‘mga nisbatan qiymati quyidagi rasmda keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun har dushanba xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilaydi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют