» » Suriya armiyasi IShID jangarilarini Frot sharqiy sohilidagi qator qishloqlardan siqib chiqardi

Suriya armiyasi IShID jangarilarini Frot sharqiy sohilidagi qator qishloqlardan siqib chiqardi


Suriya armiyasi IShID terrorchi guruhi jangarilarini Frot daryosi sharqiy sohilidagi bir qator qishloqlardan siqib chiqardi va sharq tomonga yurishini kengaytirmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Suriya armiyasining hujum otryadlari Frot sharqiy sohilidagi qishloqlarda terrorchilarni urib chiqardi va sharqiy yo‘nalishdagi yurishini rivojlantirib, egallangan platsdarmni kengaytirmoqda”, — deyiladi Rossiya harbiy idorasi bayonotida.

Aniqlashtirilishicha, ushbu operatsiya doirasida Suriya hukumat qo‘shinlari 4-tank diviziyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, so‘ng Rossiya havo-kosmik kuchlari ko‘magida Dayr az-Zavr viloyati bo‘ylab yurishni davom ettirgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют