» » Tramp BMT yig‘ilishidagi chiqishini boshladi

Tramp BMT yig‘ilishidagi chiqishini boshladi


AQSh prezidenti Donald Tramp BMT yig‘ilishidagi chiqishini boshladi, deb xabar beradi “Interfaks”.

So‘zining boshida u BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga tashkilotni isloh qilish harakati uchun minnatdorlik izhor etdi.

“Bosh kotib Antoniu Guterrishga BMTni isloh qilishga sadoqat saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirmqochi edi… U BMTni isloh qilish fikriga qo‘shilishini olqishlayman, negaki bu tashkilot biz vakili bo‘lgan insonlar manfaatiga yaxshiroq xizmat qiladi”, — dedi Oq Uy rahbari.

Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh ham bosh kotibning BMTni yaxshilash uslublarini qidirish harakatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shu bilan birga, Tramp oxirgi yillarda xalqaro tashkilot byurokratiya va yomon boshqaruv tufayli o‘z salohiyatini yetarli darajada ocholmaganini ta’kidlabi o‘tdi:

“Bunda BMT budjeti 2000-yildan buyon 140 foizga o‘sdi, xodimlar soni ikki barobardan ko‘proqqa oshdi. Biz bu investitsiyalarga muvofiq natijalarni ko‘rmayapmiz. Ammo men bosh kotib Guterrish davrida vaziyat o‘zgarayotganini, tez o‘zgarayotganini bilaman, biz buni ko‘rib turibmiz. Shuning uchun bosh kotibni hamda uning odamlar haqida ko‘proq, byurokratiya haqida kamroq qayg‘urish chaqirig‘ini yuqori baholaymiz”, — dedi AQSh rahbari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют