» » O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Ostonada mamlakat fuqarolarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Ostonada mamlakat fuqarolarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi


O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Ostonada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishi yuzasidan rasmiy axborot berdi. Bayonot TIV saytida keltirildi.

“Qozog‘iston OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, 17-sentabr kuni oqshomda Ostona shahrida qurilayotgan obyekt hududida tom va devorlar qulab tushgan. Natijada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan bo‘lib, ulardan ikki kishi halok bo‘lgan va bir kishi kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi xabarnomada.

Qozog‘istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan favqulodda holat haqida batafsil ma’lumot olish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ilgariroq Ostonadagi qurilish obyekti devori qulashi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, yana bir nafari jarohatlangani ma’lum qilingan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют