» » Siz bekorga mashinada yuvishga qo‘rqqan 7 ta buyum

Siz bekorga mashinada yuvishga qo‘rqqan 7 ta buyum


Vannaxona uchun pardalar, sport oyoq kiyimlari, bolalar o‘yinchoqlari va boshqa narsalarni kir yuvish mashinasida bemalol yuvish mumkin.

Har bir o‘yinchoqni alohida maxsus xaltachalarga qo‘ying va sovuq suvda yuving. Kir yuvish vositasini esa belgilangan me’yorning yarmini soling. Keyin yana bir marta chayqang va quriting.

Oshxonadagi qo‘lqoplar va tutqichlarni oshxona sochiqlari bilan birga odatdagi rejimda yuving.

Iplarini oling va ularni xaltachalarga qo‘ying — shunda ular aralashib ketmaydi. Endi esa pataklarini chiqarib oling va krossovkalarni mashina ichiga soling. Yuvish paytida taqillatib tovush chiqarmasliklari uchun, ular bilan birga bir nechta sochiqlar ham qo‘ying. Kir yuvish kukunini odatdagi miqdorda, yoqimsiz hidlardan qutulish uchun esa — biroz sirka qo‘shing. Avaylab va sovuq suvda yuvadigan rejimni tanlang.

Bir yo‘la ikkitadan yostiqni iliq suvda va avaylab yuvadigan rejimda yuving. Qo‘shimcha chayqash va siqish rejimini yoqishni unutmang. Yostiqlar yumshoq bo‘lishi uchun quritish vaqtida mashina ichiga bir nechta maxsus rezina koptokchalar qo‘ying.

Uni sovuq suvda odatdagicha miqdordagi kir yuvish kukuni bilan va mashina ichiga bir nechta sochiqchalar solib yuving.

Cho‘ntaklaridagi hamma narsalarni chiqaring. Keyin ryukzakni maxsus qopchaga yoki yostiq jildiga soling va sovuq suvda avaylab yuvadigan rejimda, biroz kir yuvish kukuni bilan yuving. Ochiq havoda quriting.

Avval gilamchani tashqarida yaxshilab qoqing, keyin esa hammom sochiqlari bilan birga mashinaga soling. Sovuq suvda avaylab yuvadigan rejimda odatdagicha me’yordagi kir yuvish kukunining yarmi bilan yuving, ochiq havoda quriting. Rezinali gilamchalarni quritgichda quritish mumkin emasligini unutmang.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют