» » Krossovkalarning oq tagcharmini qanday tozalash mumkin?

Krossovkalarning oq tagcharmini qanday tozalash mumkin?


Bu mavsumda urf bo‘lgan oq kedalar va krossovkalarga yetarli darajada e’tibor berilmasa, ular o‘zlarining chiroyli tashqi ko‘rinishini tez yo‘qotadi.

Oyoq kiyimingizni kir yuvish vositasi solingan eritma ichiga tagcharmi to‘liq botib turadigan qilib ivitib qo‘ying.

Yarim soat kutib turing, tagcharmini cho‘tka bilan ishqalang, yuzasini suv bilan yuving va oyoq kiyimini quriting.

Kir yuvish vositasining o‘rniga an’anaviy iste’mol sodasini oling — bugungi kunda ko‘pchilik tozalash vositalari aynan uning asosida ishlab chiqariladi.

Oyoq kiyimlarini quritishda hech qachon isitish batareyalari yordamidan foydalanishga harakat qilmang — oyoq kiyimining shakli tez va tuzatib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketishi mumkin!

Yana bir yaxshi vosita — tish pastasi. U ham juda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ishlatishdan oldin uning tarkibida bo‘yovchi moviy kristallar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Rezina ustidagi qiyin ketadigan dog‘lar uchun lakni ketkazadigan suyuqlikka botirilgan oq mato yoki paxta bo‘lagi oling. Xavfli vosita oyoq kiyimning matoli qismiga tegib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan ishlang.

Organik dog‘larni tarkibida xlor bo‘lmagan kislorodli oqartiruvchi vosita bilan sirka yoki limon kislotasining suv bilan aralashmasi yordamida oson ketkazish mumkin. Qo‘l terisini himoya qilish uchun albatta rezina qo‘lqoplardan foydalaning.

Manba: “Jenskievoprosy.ru”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют