» » Uy ishlarini 2 marta tezroq bajarishda uy bekalariga maslahatlar

Uy ishlarini 2 marta tezroq bajarishda uy bekalariga maslahatlar


Uy yumushlarini qisqa vaqt ichida bajarib ulgurmoqchimisiz? Unda maslahatlarimizga quloq tuting!

Uni vannaxonaga ilib qo‘ying va xonani issiq suv yordamida bug‘ga to‘ldiring. Bug‘ kiyimdagi g‘ijimlarni tekislashga yordam beradi. Endi esa shamollating va kiyim quriguncha kuting.

Qora yoki to‘q rangli charm oyoq kiyimini unchalik qimmat bo‘lmagan namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi krem yordamida yangidek qilish mumkin. Sport oyoq kiyimlarining oq rezinali qismini esa tish pastasi bilan oqartirsa bo‘ladi.

Quyidagicha aralashma tayyorlang: ? piyola idish yuvadigan suyuqlik, yarim piyola osh sodasi, ? piyola perekis vodorod eritmasi, bitta limon po‘chog‘i maydasi, bir osh qoshiq sirka. Aralashmani duxovka ichiga bir tekis qilib suring va eshigini yopib qo‘ying. Kamida 4 soatdan keyin duxovka eshigini oching va ho‘l gubka bilan artib oling.

Muammoli joyni lak tozalaydigan atsetonli suyuqlik yordamida ishqalab tozalash kifoya qiladi.

Yuvishdan oldin shu joyga soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik suring va butunlay singib ketguncha qoldiring.

Oynalarni, eshik va derazalarni maxsus shisha tozalovchi sprey yordamida arting. Uyga yaltiragan oynalardan boshqa hech narsa bunday ko‘rinish berolmaydi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 133) ( 0) ( 132) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют