» » Layfxak: Kuygan tova qanday tozalanadi?

Layfxak: Kuygan tova qanday tozalanadi?


Kuygan tovani oddiy usul bilan – cho‘tka va idish yuvish vositasi yordamida tozalab bo‘lmaydi. Buning uchun boshqa murakkab vositalarni ishga solishga to‘g‘ri keladi.

Birinchi usul uydagi tuz, soda va sirkaga mo‘ljallangan. Buning uchun tova ichiga 50—70 g tuz sepamiz, 100 g sirka quyamiz. Tovani olovga qo‘yib, aralashma qaynash holiga kelgandan so‘ng 2 choy qoshiq soda solamiz va past olovda qaynatamiz. Tovani olovdan olamiz va sovigandan keyin qattiq bo‘lmagan yuvgich bilan yuvib tashlaymiz.

Zanglamaydigan metalldan qilingan tovani limon kislotasi eritmasi yordamida tozalash mumkin. Eritma 10 g kislota va 300 ml suvdan tayyorlanadi. Eritmani tovaga solib 15 daqiqa qaynatiladi va oqib turgan suvda yuvib tashlanadi. Tovaning tashqi tomonini soda bilan tozalaymiz.

Alyuminiydan qilingan tovani tozalash biroz qiyinroq. Achchiq va ishqorli eritmalar ishlatib bo‘lmaydi, chunki ular tova yuzasiga zarar yetkazishi mumkin. Bunday idishlar oddiy soda yordamida tozalanadi.

Keramik tova yuzasini tirnab yubormaslik uchun uni kremsifat idish yuvish vositalari yordamida tozalaymiz. Shuningdek, tish pastasini ham sinab ko‘rish mumkin.

Teflon tovalardan kuygan yog‘larni ketkazish juda oson. Unga oddiy suv yoki sovun eritmasini solib, 20 daqiqa o‘rtacha olovda qaynatish kifoya qiladi.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют