» » Fotoreportaj: Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi boshlandi

Fotoreportaj: Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi boshlandi


19-sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi doirasida ilk rasmiy tadbir ICT Summit 2017 anjumani o‘tkazildi. Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ochib berdi. Shuningdek, Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasining bosh direktori Van Pen so‘zga chiqib sammit hamda haftalikka doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sammitda Jahon banki, Huawei Technologies Co., LTD (Xitoy), Microsoft CIS (Rossiya), IBM (Rossiya) kabi nufuzli tashkilotlarning mutaxassislari raqamli iqtisodiyot, sanoat, sun’iy aql hamda global raqamli transformatsiyalar kabi sohalarni o‘z ichiga olgan turli ma’ruzalar bilan chiqish qildi.

Tadbir doirasida, CIO Summit ham tashkil etilib, unda ishtirokchilar “IOT va mashinani o‘rganish uchun platformalar”, “Raqamli transformatsiyalar”, “Huawei’dan raqamli transformatsiyaning ko‘rinishi” kabi mavzular yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdilar.

Sammitdan so‘ng soat 14:00 da ICTEXPO ko‘rgazmasi ochib berildi. Ko‘rgazma 19-21-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zga tutilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют