» » ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi (foto)

ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi (foto)


18-sentabr kuni tushdan so‘ng ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati, UZINFOCOM Markazi, Huawei Tech Investment Tashkent, ZTE Corporation, SOFTLINE ShK, Microsoft CIS va boshqa shu kabi qo‘shma hamda mahalliy korxonalarning vakillari rasman ertadan boshlanishi kutilayotgan haftalik bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

19-sentabr kuni ertalab boshlanishi rejalashtirilgan ICTSUMMIT sammiti haftalikning ilk yirik tadbiri bo‘lishi kutilmoqda. Haftalik kun tartibidan o‘rin olgan seminar-trening, anjuman hamda ko‘rgazmalarda axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston va xorijiy mutaxassislar sohani yanada rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligining to‘liq dasturi haftalikning maxsus saytida joylashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют