» » Usenet xalqaro Digital-konferensiyasi dasturi e’lon qilindi

Usenet xalqaro Digital-konferensiyasi dasturi e’lon qilindi


25-aprel kuni hisob bo‘yicha to‘rtinchi Usenet xalqaro Digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir yangilangan formatda o‘tkaziladi: tadbir doirasida ikkita parallel sessiya, davra suhbati va ko‘plab qiziqarli faolliklar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Konferensiya dasturi bilan tadbir saytida tanishish mumkin.

Bu yilgi asosiy mavzular — digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozor mezonlari, marketing, matbuot, PR.

Konferensiyada soha bo‘yicha tadbirlarda doimiy ravishda nutq so‘zlab keladigan mutaxassislar ishtirok etadi. Ular o‘nlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.

Konferensiyadagi muhim hodisa “2017—2021-yillarda keng polosali mobil internetni rivojlantirish. 3G’ni kengaytirish, 4G’ni joriy qilish va 5G’ga o‘tish: texnologiyalar, investitsiyalar, buyumlar interneti” mavzusidagi davra suhbati bo‘ladi. Uchrashuv ishtirokchilari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, mobil bozor kompaniyalari CEO va CTO’laridan iborat.

Konferensiya tashkilotchisi — Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va UzInfocom markazi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda qatnashish bepul. Faqat taklifnomalar bilan kiritiladi. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida arizani to‘ldirish kerak. Konferensiya 25-aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют