» » Usenet 2017 xalqaro konferensiyasi 25-aprelda o‘tkaziladi

Usenet 2017 xalqaro konferensiyasi 25-aprelda o‘tkaziladi


Usenet — digital-tarmoqning bahordagi asosiy voqeasidir. Har yili konferensiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon va Belarusdan eng yaxshi ma’ruzachilarni bir maydonda jamlaydi.

To‘rtinchi marotaba uyushtirilayotgan konferensiya yangilangan ko‘rinishda o‘tadi: ikkita parallel sessiya, davra suhbati va tadbir o‘tkazilishi maydonida yana ko‘plab tadbirlar tashkillashtirilishi kutilmoqda.

Bu yilgi asosiy mavzular: digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozorni o‘rganish, marketing, media, PR.

Tadbirda “Yandeks”, “Bilayn”, “Odnoklassniki”, Dentsu Aegis Network, Green PR, Rocket, Murad Buildings, “Brand.uz”, WEBNOW, UFOX, Safaroff Agency top-menejerlari va ekspertlari so‘zga chiqadi.

Usenet — bu digital olamiga sho‘ng‘ish, yangi amaliy munosabatlarni o‘rnatish, qiziqarli bahslarda ishtirok etish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyatidir.

Faqat shu yerda siz Internetda biznesni rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar va samarali yo‘l-yo‘riqlar olishingiz mumkin.

Ma’ruzachilar — shu kabi tadbirlarda muntazam chiqish qiladigan mutaxassislardir. Ular o‘nlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirganlar. Ularning bilimlari va tajribalari juda noyob, tinglovchilar bilan bo‘lashadigan vositalarini esa, amaliyotga darhol tatbiq etish mumkin.

Konferensiya tashkilotchisi – Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va UZINFOCOM markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Konferensiyaning bosh homiysi — Beeline Uzbekistan. Konferensiya homiylari — Click mobil bank tizimi va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i. Bosh axborot homiysi — “Yandeks”.

Konferensiya borishini tadbirning sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi Usenet sahifasi, info-sheriklar saytlarida va Telegram-kanal orqali kuzatish mumkin.

Tadbirda qatnashish bepul. Kirish taklifnomalar asosida. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida ariza berish zarur. O‘tkazish sanasi va joyi: 25-aprel, International Hotel Tashkent mehmonxonasi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (18-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют