» » Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning yangi raundi 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning yangi raundi 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi


Suriya masalasini tartibga solish bo‘yicha yangi uchrashuv Ostonada 14—15-mart kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Muzokaralarda Rossiya, Turkiya va Erondan yuqori mansab vakillaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi, deyiladi TIV axborotida.

Shuningdek, uchrashuvda qatnashish uchun BMT, AQSh va Iordaniya vakillari ham taklif etilgani qayd etildi.

Uchrashuvning birinchi kuni dastlabki maslahatlashuvlar, ikkinchi kuni esa yalpi majlis o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Suriya masalasi bo‘yicha avvalgi muzokaralar 23-yanvar kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют