» » Suriya muxolifati Al-Bob shahrini IShID jangarilaridan ozod qilganini ma’lum qildi

Suriya muxolifati Al-Bob shahrini IShID jangarilaridan ozod qilganini ma’lum qildi


Suriyaning Al-Bob shahri IShID jangarilaridan to‘liq ozod etildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Al-Bob shahri Suriya ozodlik armiyasining IShID bilan bo‘lgan kuchli jangidan so‘ng to‘liq ozod etildi”, — dedi Suriya ozodlik armiyasi qurolli muxolifatining rasmiy vakili Usama Abu Zeyd.

Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni Jenevada Suriya bo‘yicha muzokaralarning yangi raundi boshlandi. Ushbu raund BMTga Suriya muammosini tartibga solishda boy berilgan rolni qaytarish imkonini berishi mumkin.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют