» » OAV: Makkeyn Erdo‘g‘on bilan uchrashuv oldidan Suriyaga maxfiy tashrif buyurdi

OAV: Makkeyn Erdo‘g‘on bilan uchrashuv oldidan Suriyaga maxfiy tashrif buyurdi


AQSh senatori Jon Makkeyn IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilish uchun Suriyaning Kobani shahriga maxfiy tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Makkeyn tashrif davomida Rakka shahrini IShID jangarilaridan ozod etish boyicha operatsiya yuzasidan amerikalik harbiylar va kurdlar bilan muzokaralar o‘tkazganligi ta’kidlanmoqda.

Qurolli kuchlar bo‘yicha senat qo‘mitasining rahbari Suriyaga to‘xtagandan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashish uchun Anqaraga yo‘l oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют