» » Suriya qurolli muxolifati IShID guruhidan butkul ajralganini ma’lum qildi

Suriya qurolli muxolifati IShID guruhidan butkul ajralganini ma’lum qildi


Suriya qurolli muxolifati IShID guruhidan butkul ajralgan. Bu haqda muxolifatning Ostona muzokaralaridagi delegatsiyasi rahbari Muhammad Allush ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“O‘rtamizda to‘liq farq mavjud. Biz o‘t ochishni to‘xtatish tartibi mustahkamlanishi tarafdorimiz”, — deya ta’kidladi muxolifat delegatsiyasi rahbari.

Allush Ostonadagi uchrashuv yakunlarini ijobiy baholadi.

“Biz mazkur uchrashuvda ayrim ijobiy natijalarga erishdik. Ulardan muhimi — Rossiya tomonining ozod qilingan hududlarni o‘qqa tutishni to‘xtatishi haqidagi bayonoti bo‘ldi”, — deya qoniqish bildirdi Muhammad Allush.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют