» » Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida KOICA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida KOICA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

KOICA delegatsiyasi mamlakatga Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali innovatsiyalashgan ta’limiy muhitni rivojlantirishga oid loyiha bo‘yicha birlamchi tadqiqotlarni olib borish uchun tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida masofaviy ta’lim va elektron kutubxona tizimlarini tatbiq qilish istiqbollari muhokama qilindi. 

Qayd etilganidek, TATU hamda KOICA o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi O‘zbekistonda xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashdagi navbatdagi muhim qadam bo‘ladi. 

Tomonlar ta’limda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha TATU va KOICA o‘rtasidagi loyihaning dastlabki harakatlanish rejasini tezkorlik bilan ishlab chiqilishini kelishib oldi. 

Опубликовано: admin (1-03-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют