» » O‘zbekistonning barcha hududlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida mehnat yarmarkalari tashkil etiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida mehnat yarmarkalari tashkil etiladi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Mehnat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 24-mart kuni “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida mehnat yarmarkalari” tashkil etiladi. Bu haqda “Daryo”ga Mehnat vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Mazkur mehnat yarmarkalari doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar, davlat tashkilotlari, xususan, “UNICON.UZ”, UZINFOCOM kabi markazlar, shuningdek, aloqa operatorlari o‘zlarida mavjud vakansiyalar bilan ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Yarmarka davomida o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlarga mavjud soliq imtiyozlari bilan tanishtirish hamda tegishli kreditlar ajratilishida yaqindan ko‘maklashish uchun soliq organlari va tijorat banklari tomonidan bevosita tadbir joyida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.

Mehnat yarmarkalarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2,4 ming nafar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 22 ming nafar bitiruvchisi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirlar soat 10:00 da boshlanadi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют