» » Toshkentdagi Mobicon 2017 da Google, “Yandeks”, “Odnoklassniki” va UFOX vakillari chiqish qiladi

Toshkentdagi Mobicon 2017 da Google, “Yandeks”, “Odnoklassniki” va UFOX vakillari chiqish qiladi


27-sentabr kuni Toshkentda Mobicon 2017 xalqaro mobil anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbirda mobil sohaning yetakchi ekspertlari: Beeline Uzbekistan, Yandeks va Odnoklassniki, Belarusning UFOX SMM-agentligi vakillari qatnashadi. O‘zbekistonda ilk bora Google’ning Irlandiyadan vakili Abdulla Oydin chiqish qiladi. Global dasturlar menejeri Google va Adwords bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib beradi.


Qozog‘istondan Toshkentga birdaniga ikki mehmon – CEO Select Communication Group asoschisi Viktor Yeliseyev hamda Qozog‘iston Internet Biznesi va Mobil tijorat Assotsiatsiyasi Prezidenti Konstantin Gorojankin keladi. Mobicon 2017 doirasida bir kun ichida 20 dan ortiq spiker chiqish qiladi.

Tadbir tashkilotchisi Ledokol Group kompaniyasi, bosh homiy – Beeline Uzbekistan. Anjuman Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy ko‘magida tashkil etilmoqda. Bosh axborot homiysi “Yandeks” kompaniyasi. Mobicon 2017 homiylari: Click, Alissium va IMG kompaniyalari.

Anjumanning SMM-qo‘llab-quvvatlovi – AFRICA agentligi, strategik sheriklar – Uzinfocom hamda Motivation Group, IT-sherik – Webnow studiyasi. Tashkent Advertising Association sheriklik ko‘magini amalga oshirmoqda.

Mobicon 2017 ertalab soat 9:00 da boshlanadi va 17:00 da yakuniga yetadi. Anjumanga barcha xohlovchilar bepul tarzda kelishlari mumkin, ular avval saytda ro‘yxatdan o‘tishi hamda elektron manzilga taklifnoma olishi lozim. Mehmonlar soni cheklangan, shuning uchun eshituvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

Ertasi kuni, 28-sentyabrda Belarusning yetakchi SMM-agentligi – UFOX kompaniyasi asoschilari seminari (http://mobicon.uz/seminar/) bo‘lib o‘tadi. Seminarda UFOX vakillari ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni SMM yordamida jalb etish sirlari bilan o‘rtoqlashadi. Ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha amaliy WORKSHOP Inсonel BM’da 10:00 dan 17:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Anjuman rasmiy sayti: http://mobicon.uz

O‘tkazish joyi: International Hotel Tashkent

Sana: 27-sentabr 9:00 dan 17:00 gacha.

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют