» » Usenet 2017 konferensiyasi ish boshladi

Usenet 2017 konferensiyasi ish boshladi


Usenet — digital-tarmoqning bahor faslidagi asosiy voqeasi. Har yili konferensiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiyaning eng yaxshi ma’ruzachilarini bir maydonda jamlaydi. Bu haqda Zumrat Ergashboyeva “Daryo”ga ma’lum qildi.

To‘rtinchi marotaba uyushtirilayotgan konferensiya yangilangan ko‘rinishda o‘tadi: ikkita parallel sessiya, davra suhbati va tadbir o‘tkazilishi maydonida yana ko‘plab tadbirlar tashkillashtirilishi kutilmoqda. Tadbirda Yandeks, Beeline, Odnoklassniki, Dentsu Aegis Network, Green PR, CLICK, WEBNOW top-menejerlari va ekspertlari so‘zga chiqadi.

An’anaga ko‘ra, konferensiyani tadbir tashkilotchisi va Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov ochdi. “2017—2021 yillarda mobil KPU rivojlanishi. 3G kengayishi, 4G tatbiqi va 5G ga o‘tish: texnologiyalar, investitsiyalar, ashyolar interneti” davra suhbati Konferensiyaning ahamiyatli voqeasi bo‘ladi.

Usenet — bu digital olamiga sho‘ng‘ish, yangi amaliy munosabatlarni o‘rnatish, qiziqarli bahslarda ishtirok etish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyati. Bu yilgi asosiy mavzular: digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozorni o‘rganish, marketing, media, PR. Ma’ruzachilar shu kabi tadbirlarda muntazam chiqish qiladigan mutaxassislardir. Ular o‘nlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.

Konferensiya tashkilotchisi – Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va UZINFOCOM markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют