» » Myanma siyosiy yetakchisi Rakxaynda inson huquqlari poymol etilishini qoraladi

Myanma siyosiy yetakchisi Rakxaynda inson huquqlari poymol etilishini qoraladi


Myanma davlat maslahatchisi va tashqi ishlar vaziri, amalda mamlakat siyosiy yetakchisi hisoblanuvchi Aun San Su Chji mamlakatning g‘arbida joylashgan Rakxayn shtati hududidagi inson huquqlarini poymol qilinishini qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Inson huquqlarini buzganlikda ayblanganlarning barchasi qonun oldida javob berishi kerak”, — deydi Aun San Su Chji Facebook’dagi sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgan Neypidodagi parlament a’zolariga murojaatida.

Mamlakatning siyosiy yetakchisi avgust oyining oxirida Rakxayn shtatida zo‘ravonliklar tufayli 400 dan ortiq kishining halok bo‘lishiga shu tarzda munosabat bildirdi.

Shuningdek, Aun San Su Chji Myanma Rakxayndagi zo‘ravonliklardan so‘ng mamlakatga qaytish istagida bo‘lgan qochoqlarni tekshiruvdan o‘tkazishga tayyor ekanligini ham ma’lum qildi.

“Biz mamlakatga qaytish istagida bo‘lgan qochoqlarni tekshirishga tayyormiz”, — deydi Su Chji.

U xalqaro hamjamiyat tomonidan Myanmadagi muammolarga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan cho‘chimasligini ta’kidladi.

Rakxayndagi zo‘ravonliklardan so‘ng avgust oyi oxirida 400 mingdan ortiq rohinja musulmonlari respublikani tark etdi. Myanma hukumati ularni o‘z fuqarosi sifatida tan olmaydi.
Avvalroq respublika hukumati o‘z fuqaroligini tasdiqlaganlarga mamlakatga qaytishga ruxsat berishini ma’lum qilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют