» » Shavkat Mirziyoyev AQShda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev AQShda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbari ushbu uchrashuvdan mamnunligini bildirib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning yaxshilanishida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Jamg‘arma O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Joriy yil may oyida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasida valyuta siyosatini isloh qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Iyul va sentabr oylarida Jamg‘arma missiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi.

Jamg‘arma farmoyish beruvchi direktori 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiy va tarkibiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bilan O‘zbekiston rahbarini qutladi.

Kristin Lagard O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilgani mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi oshishi, eksport hajmi kengayishi, xorijiy va xususiy investitsiyalarning ko‘payishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuvda valyuta islohoti jarayonida davlat organlari va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash, savdodagi tariflarni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Davlat budjetini profitsit bilan bajarish, soliq ma’murchiligi va davlat statistikasi sohasini tubdan yaxshilash, bank tizimining barqarorligini ta’minlash, tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish kabi navbatdagi vazifalarga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamkorligini kengaytirish, O‘zbekistonda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini takomillashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘maklashish va iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish orqali O‘zbekiston moliya tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 1) ( 72) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...