» » Venesuela: AQSh boshqa mamlakatlar bilan tabaalari kabi muomala qiladi

Venesuela: AQSh boshqa mamlakatlar bilan tabaalari kabi muomala qiladi


AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlar vakillari bilan balanddan kelib muomala qiladi, bundan go‘yoki boshqa mamlakatlar unga bo‘ysunadiganday tuyuladi. Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilgan Tramp Venesuela, Eron va KXDR haqida keskin tanqidiy gaplar aytdi, jumladan, AQSh Venesuelaga qarshi choralar ko‘rishda davom etishga tayyorligini bildirib o‘tdi. Shuningdek u KXDRni butunlay yo‘q qilishi mumkinligini aytdi.

“Biz AQSh prezidentining bugungi bayonotlaridan hayron qoldik. Bu jahon va xalqaro huquq shtab-kvartirasi, biz esa buning teskarisini eshitdik. BMTda birinchi marta chiqish qilayotgan prezident urush, mamlakatlarni yo‘q qilish, blokada haqida gapirmoqda. Butun dunyoda inson huquqlarini buzayotgan mamlakatda, aftidan, boshqa mamlakatlar bilan o‘z tabaalari bilan gaplashganday muomala qilish huquqi bor”, — dedi Arreasa.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют