» » Pokiston qurolli kuchlari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Pokiston qurolli kuchlari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi


18-sentabr kuni Pokiston qurolli kuchlari shtablar boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi general Zubayr Mahmud Hayot boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov general Zubayr Mahmud Hayotni qabul qildi. Shuningdek, mamlakat mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov mehmonlar bilan uchrashdi.

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va ikki tomonlama harbiy hamkorlikning bugungi holati, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Pokiston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi va institut faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif dasturida Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, shuningdek, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish va qabriga gul qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют