» » Merkel Trampning KXDRni yo‘q qilish haqidagi gaplarini tanqid ostiga oldi

Merkel Trampning KXDRni yo‘q qilish haqidagi gaplarini tanqid ostiga oldi


Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning BMTdagi KXDR haqidagi bayonotlarini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Muqaddam Tramp KXDRni yo‘q qilishga tayyorligi haqida bayonot bergan edi.

“Men bunday tahdidni qo‘llab-quvvatlamayman”, — dedi u, Deutsche Welle radiosiga bergan intervyu chog‘ida tegishli savolga javob berarkan.

“Biz har qanday harbiy yechimni noto‘g‘ri deb hisoblaymiz va diplomatik sa’y-harakatlarga urg‘u beramiz. Bu, mening fikrimcha, sanksiyalar, bu sanksiyalar realizatsiyasi, bu to‘g‘ri javob. KXDRga oid qolgan yondashuvlar noto‘g‘ri”, — qo‘shimcha qildi Merkel.

Ilgari Venesuela vakili Trampning bayonotini tanqid ostiga olgan, Janubiy Koreya esa, aksincha, qo‘llab-quvvatlagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 1) ( 69) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...