» » Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqishga moyillik bildirmoqda

Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqishga moyillik bildirmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqishga moyillik bildirmoqda. Bu 15-oktabrda sodir bo‘ladi, deb yozadi “TASS” NBC telekompaniyasining davlat rahbari ma’muriyatidagi manbalariga tayanib.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti o‘zining so‘nggi bayonotiga qaramay, yadro bitimi borasida qanday ish tutishni oxirigacha aniqlashtirib olmagan. Manbalar fikricha, Tramp 15-oktabrgacha fikrini o‘zgartirishi ham mumkin. O‘sha kuni Vashington tomonidan bitimga rioya qilishning borishi yuzasidan navbatdagi kuzatuv natijalari e’lon qilinadigan muddat tugaydi.

20-sentabr kuni prezident jurnalistlarga AQSh Eron yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqishi kerakmi, yo‘qmi degan masalada qaror qabul qilib bo‘lganini ma’lum qilgan, ammo u haqda hech kimga aytmagan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют