» » Qor qoploni yashaydigan hududlarni saqlash bo‘yicha loyiha ishga tushdi

Qor qoploni yashaydigan hududlarni saqlash bo‘yicha loyiha ishga tushdi


21-sentabr kuni “Biologik xilma-xillikning global ahamiyatga ega bo‘lgan turlari uchun muhim bo‘lgan tog‘ hududlarida tabiat resurslaridan hamda o‘rmon xo‘jaligidan barqaror foydalanish” loyihasi ishga tushirildi. Bu haqda, O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Loyihaga binoan, O‘zbekistonning Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ma’muriy chegaralaridagi G‘arbiy Tyanshan va Pomir–Oloy tog‘larida qor qoplonining yashash joylarini tabiiy holatda saqlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Loyihani 2017?2022-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, texnik hamkorlik budjeti 6,5 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Shuningdek, Qor qoplonini saqlash va uning ekotizimlarini himoya qilish bo‘yicha Global dastur va hamkor tashkilotlar loyiha sheriklari hisoblanadi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning yuqori tog‘ tizmalari noyob va boy bioxilma-xilligini muhofaza qilish hamda barqaror foydalanishga ko‘maklashishdan iborat.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют