» » O‘zbekiston senatorlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi hisobotini tingladi

O‘zbekiston senatorlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi hisobotini tingladi


29-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senatorlar O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdi.

Ta’kidlanganidek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yildagi faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarishga, qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirishga, mamlakatdagi ekologik holatni sog‘lomlashtirishga qaratildi.

Hisobot davrida insonlar salomatligini mustahkamlash, ekologik muvozanatni, jonli tabiat turlarining boyligini va genetik fondini, ekologik tizimlar rang-barangligini saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga, tabiat ob’ektlari bilan bog‘liq madaniy merosni saqlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 6 ta qonun loyihasining yangi tahriri, Vazirlar Mahkamasining 10 dan ortiq qarori tayyorlangani va shundan 8 tasi qabul qilingani qayd etildi.

Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan olib borilgan nazorat davomida 18 270 dan ziyod mansabdor shaxs va fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, 2 400 dan ortiq korxona va tashkilotlarga da’vo kiritildi, 4,13 milliard so‘m undirildi.

2016-yilda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari uchun, xizmatlar, ekologik xavfli chiqindilarni va mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun 3 860 dan ortiq ekologik sertifikat berildi. 27 500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi, 3 350 dan ortiq ekologik norma belgilandi.

Davlat ekologik ekspertizasining tavsiyalariga muvofiq energetika, neft-gaz, metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlarining, sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligining 318 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektida energiya tejovchi, kam chiqindi chiqaradigan texnologiyalar joriy etildi. Ekologik, shuningdek, idoraviy va jamoat nazoratini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

2013—2017-yillarda O‘zbekiston atrof-muhitini muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturini bajarish choralari ko‘rildi. Orolbo‘yi mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish bo‘yicha choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Orol dengizining qurib qolgan tubidagi 76,1 ming gektar maydonda yangi ihota daraxtzorlari barpo etildi.

2016-yilda beshta xalqaro loyihani amalga oshirish davom ettirildi, 25 ta yangi xalqaro loyiha ishlab chiqildi va 2017-yilda 6 ta yangi loyihani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Hisobotni muhokama qilish vaqtida senatorlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan ishlash, biologik xilma-xillikni saqlash hamda ko‘paytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish sohalaridagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratdilar. Davlat ekologik nazorati, atrof-muhit monitoringi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlarining infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

“Yalpi majlisda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek, sud-huquq tizimini izchil isloh qilishga, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Shuning bilan Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют