» » O‘zbekistonda baliq ovlashga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi

O‘zbekistonda baliq ovlashga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi


O‘zbekistonda 10-martdan uvuldiriq sochish mavsumi munosabati bilan baliqlarni ovlashga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur chora mamlakat tabiiy suv hafzalarida baliq resurslaridan oqilona foydalanish uchun amalga oshirilmoqda.

Amudaryo va Sirdaryoda 10-martdan 31-maygacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyungacha, mamlakatning boshqa suv hafzalarida esa 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.

Taqiq qo‘yilgan davrda barcha baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va xususiy tadbirkorlar suv havzalaridan ov vositalarini olib qo‘yishlari, ularni hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha inspektorlar ishtirokida omborxona binolariga topshirib, muhrlashlari shart.

Taqiq davrida tabiiy suv havzalarida motorli qayiqlardan faqatgina hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi xodimlari, yegerlik xizmatlari esa tabiatni muhofaza qilish organlari ruxsati bilan foydalanishlari mumkin.

Bu davr mobaynida sport-havaskorlik baliq oviga motorli qayiqlarsiz, qarmoqlar soni esa 5 tadan oshmagan holatda ruxsat beriladi.

Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi inspektorlari bilan birgalikda taqiq amalda bo‘lgan davrda brakonyerlik hamda baliq va baliq mahsulotlarini noqonuniy ovlash hamda sotishga qarshi nazorat reydlarini amalga oshiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют