» » O‘zbekiston Senati Sudyalar oliy kengashi raisini tayinladi va Prezidentning ayrim farmonlarini tasdiqladi

O‘zbekiston Senati Sudyalar oliy kengashi raisini tayinladi va Prezidentning ayrim farmonlarini tasdiqladi


29-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, senatorlar Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash, O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash hamda O‘zbekiston Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqqan.

Rasmiy axborotda Senatning tegishli qo‘mitasiga va Sudyalar oliy kengashiga kimlar rais etib tayinlangani ma’lum qilinmagan, Prezidentning aynan qaysi farmonlari tasdiqlanganiga aniqlik kiritilmagan.

“Yalpi majlisda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek, sud-huquq tizimini izchil isloh qilishga, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Shuning bilan Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют