» » Olmaliqda 20 nafardan ziyod odam gazdan zaharlandi

Olmaliqda 20 nafardan ziyod odam gazdan zaharlandi


Kecha, 21-sentabr kuni kechqurun Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi pivo ishlab chiqarish va quyish zavodida zaharli gaz ammiakdan zaharlanish holati kuzatildi. Bu haqda “Telegraf.uz” saytiga tayanib, UZ24 xabar berdi.

“Telegraf.uz”ning ishonchli manbalariga tayanib, xabar berishicha, voqea joyida tegishli organ, FVV va tez tibbiy yordam xodimlari tuni bilan ish olib borgan va zavodga yaqin joylashgan uylardan 300 nafardan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Zaharlanish oqibatida 20 nafardan ortiq odam jabrlangan, qurbonlar yo‘q. Jabrlanganlarga darhol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr kuni “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ sexida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 3 nafari zaharlanib halok bo‘lgani xabar berilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют