» » Ispaniya politsiyasi Barselonadagi teraktga aloqadorlikda gumondor Marokash fuqarosini ushladi

Ispaniya politsiyasi Barselonadagi teraktga aloqadorlikda gumondor Marokash fuqarosini ushladi


Ispaniya politsiyasi Barselona va Kambrils shaharlarida 17-avgust kuni uyushtirilgan, 16 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktga aloqadorlikda gumondor yana bir shaxsni ushladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soido Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Uning so‘zlariga qaraganda, erkak Kastelon-de-la-Plana shahrida ushlangan. Voqeaning boshqa tafsilotlari vazirning qisqa bayonotida aks etmadi.

Gumondor Marokash fuqarosi ekanligi ma’lum.

Teraktdan so‘ng o‘tkazilgan maxsus operatsiya doirasida politsiya teraktning olti ijrochisini yo‘q qilgan, shuningdek, bir necha kishini ushlagan edi. Ularning ko‘pchiligi marokashliklar edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют