» » Marokashda Kataloniya terrorchilari bilan aloqadorlikda gumondor ikki shaxs qo‘lga olindi

Marokashda Kataloniya terrorchilari bilan aloqadorlikda gumondor ikki shaxs qo‘lga olindi


Marokash huquq-tartibot organlari Barselonada teraktlar uyushtirgan yacheyka bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan ikki shaxsni ushladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, ushlanganlardan biri Muso va Driss Ukabirlarning amakivachchasidir. Muso Ukabir Kambrilsda terrorchilik aktini uyushtirishga uringan paytida yo‘q qilingan edi, uning akasi Driss esa Barselonadagi teraktdan so‘ng ushlangan edi.

Bunga qadar Ispaniyada tergov doirasida to‘rt kishi ushlangan edi.

17-avgust kuni mikroavtobus Barselonaning Rambla ko‘chasida piyodalar ustiga bosib keldi. Keyinroq Diagonal shohko‘chasida noma’lum shaxs yuk mashinasida politsiyachilarga hujum uyushtirdi. Ikki politsiyachi jabrlandi.

Teraktlarning qurbonlari soni 15 kishini tashkil etdi, 100 dan ortiq odam jabrlandi. Terrorchilarning katta guruhi ushlandi yoki yo‘q qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют