» » Barselonada odamlar ustiga furgon haydagan odam Kambrilsda o‘ldirildi

Barselonada odamlar ustiga furgon haydagan odam Kambrilsda o‘ldirildi


Barselona shahrida odamlar ustiga bosib kelgan furgon haydovchisi Kambrilsdagi operatsiya chog‘ida yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, yo‘q qilingan terrorchilar ichida Muso Ukabir bo‘lib, ilgari u mazkur ishda asosiy ijrochi sifatida tan olingan edi.

O‘z navbatida, Kataloniya politsiyasi hali furgon haydovchisini tanish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Barselonada 17-avgust kuni terakt yuz berdi: shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko‘chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi.

Yaqinda teraktda gumon qilinayotgan to‘rtinchi shaxs ushlandi. Birinchi gumondorning surati Ispaniya matbuotida e’lon qilingan edi. Birozdan so‘ng u qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi gumondor otib tashlandi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.

Ispaniyada Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют