» » Toshkentlik talabalar paxtadan qaytmoqda (video)

Toshkentlik talabalar paxtadan qaytmoqda (video)


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi muhandislari instituti talabalari 22-sentabr kuni Sirdaryo viloyatining Sayhunobod tumanida bir kun bo‘lib, poytaxtga qaytdi. Talabalarning paxta maydonlaridan o‘qishga qaytishi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan bir kun oldin o‘tkazilgan selektor yig‘ilishidan so‘ng boshlandi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Institut talabalarini olib kelgan reys soat 14:50 da Toshkentga yetib keldi. Institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Qodir Shovvozov barcha talabalar, jami 2500 ga yaqin odam qaytganini ma’lum qildi. Oldinroq — soat 13:30 da Toshkent davlat agrar universiteti talabalari qaytgan edi. Ular jami 26 vagonni egalladi.

“Gazeta.uz” bilan suhbatda talabalar hatto paxta dalasiga chiqishga ulgurmaganini bildirdi.

“Qaytganimizdan xursandmiz. Prezidentga rahmat”, — dedi birinchi kurs talabasi suhbat chog‘ida.

“Endi paxtaga bormaymizmi? Biz hatto unga teginishga ulgurmadik”, — qo‘shimcha qildi yana bir talaba.

“Biz davlatga foyda keltirishni xohlagan edik, shuning uchun paxtaga bordik”, — ma’lum qildi boshqa talaba.

“Biz 21-sentabr kuni vatanimiz uchun paxtaga chiqdik. Agar u muhtoj bo‘lsa, har doim yordamga tayyormiz, — dedi talabalardan biri Orifjon Qilichev. —Davlat biz o‘qib, bilim olishimiz kerak deb hisobladi, va biz quvonch bilan qaytdik. Agar yoshlarning yordami kerak bo‘lsa, biz har doim tayyormiz”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют