» » Fransiyada 2020-yildan mamlakat yadro kuchlari modernizatsiyasi boshlanadi

Fransiyada 2020-yildan mamlakat yadro kuchlari modernizatsiyasi boshlanadi


Strategik yadro kuchlari Fransiya mudofaa doktrinasining tayanch nuqtasi bo‘lib qoladi va ularni saqlash hamda modernizatsiya qilish qimmatligiga qaramay, qisqartirilmaydi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari vaziri Florans Parli ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Yadroviy tiyib turish tamoyili va uning ikki — havo va harbiy-dengiz komponenti saqlanib qoladi. Ular suverenitet va xavfsizlikka asoslangan siyosatimiz markazidan o‘rin olgan”, — dedi vazir fransuz armiyasi yadro quroliga xarajatlar oshishi kutilayotganiga izoh berar ekan.

Fransiya hukumatiga rejalariga ko‘ra, 2020-yildan mamlakat yadro kuchlari modernizatsiyasi boshlanadi. Gap suvosti raketa tashuvchilari yangi avlodini ishlab chiqish, M51 suvosti kemalarida joylashtiriladigan ballistik raketalar uchinchi avlodini yaratish, shuningdek, ASMP-A qanotli raketalarini almashtirishga tayyorgarlik haqida ketmoqda.

Bu Fransiya strategik yadro kuchlariga sarflanadigan xarajatlar yiliga 3,5 milliard dollardan 6 milliard dollarga ko‘payishini talab etishi bildirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют