» » Turkiya parlamenti mamlakat qurolli kuchlaridan Iroq va Suriyada foydalanishni yana bir yilga uzaytirdi

Turkiya parlamenti mamlakat qurolli kuchlaridan Iroq va Suriyada foydalanishni yana bir yilga uzaytirdi


Turkiya parlamenti 23-sentabr, shanba kuni navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakat qurolli kuchlaridan Iroq va Suriyada foydalanishni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qonun loyihasini parlamentdagi uch partiya ma’qulladi, kurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasi esa qarshi chiqdi.

Navbatdan tashqari yig‘ilish Iroq Kurdistonida 25-sentabr kuni o‘tkazilishi mo‘ljallagan mustaqillik to‘g‘risidagi referendum arafasida chaqirildi. Bag‘dod bu tadbirni noqonuniy hisoblamoqda, Anqara va Tehron esa keskin salbiy munosabat bildirdi.

Ma’lumot uchun, Turkiya parlamenti 2014-yil oktabrida qurolli kuchlardan xorijda foydalanish va mamlakat hududida chet el qo‘shinlari bo‘lib turishiga ruxsat bergandi. Mandat bir yil davomida amalda bo‘ldi, shundan so‘ng parlament qarori bilan yana 13 oyga uzaytirildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют