» » APL. “Siti” va “Yunayted” qo‘shhokimligi davom etadi, “Chelsi”dan yirik hisobdagi g‘alaba va Moratadan xet-trik

APL. “Siti” va “Yunayted” qo‘shhokimligi davom etadi, “Chelsi”dan yirik hisobdagi g‘alaba va Moratadan xet-trik


Xabar berilganidek, 23-sentabr shanba kuni Angliya Premyer-Ligasi doirasida 6-turning bir qancha o‘yinlari o‘tkazildi.

5 tur natijasiga ko‘ra turnir jadvalida peshqadamlikni bo‘lishib turgan Manchester jamoalari bu safar mos ravishda “Yunayted” “Sautgempton”ni, “Siti” esa “Kristal Pelas”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

“Yunayted” jamoa to‘purari Romelu Lukakuning birinchi bo‘limda urgan yagona goli evaziga g‘alabaga erishdi.

“Siti” esa o‘z maydonida muxlislar uchun gollar shousi tashkil qilib berdi. Ular “Kristal Pelas” darvozasini besh bor ishg‘ol qildi.

Turning markaziy uchrashuvi deb e’tirof etilgan “Lester” — “Liverpul” bahsida Yurgen Klopp shogirdlarining qo‘li baland keldi. O‘yin “Liverpul”ning mehmondagi 2:3 hisobidagi qiyin g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Chelsi” esa ushbu turda “Stok Siti” mehmoni bo‘lib, ularni 4 ta gol bilan siylab qaytdi. E’tiborlisi, 4 ta golning 3 tasi ispaniyalik forvard Alvaro Morata hisobiga yozildi. Shu tariqa ispan Angliyadagi dastlabki xet-trikiga erishdi.

“Vest Hem” — “Tottenhem” 2:3

Gollar: Harri Keyn, 34 (0:1). Harri Keyn, 38 (0:2). Kristian Eriksen, 60 (0:3). Xavyer Ernandes, 65 (1:3). Sheyk Kuyate, 87 (2:3).

Gollar: Joshua King, 49 (0:1). Umar Niasse, 77 (1:1). Umar Niasse, 82 (2:1).

Gollar: Andre Grey, 13 (0:1). Temmi Abraxam, 56 (1:1). Andrade Risharlison, 90 (1:2).

Gollar: Alvaro Morata, 2 (0:1). Pedro, 30 (0:2). Alvaro Morata, 77 (0:3). Alvaro Morata, 82 (0:4).

Gol: Romelu Lukaku, 20 (0:1).

Gollar: Leroy Sane, 44 (1:0). Raxim Sterling, 51 (2:0). Raxim Sterling, 59 (3:0). Aguero, 79 (4:0). Fabian Delf, 89 (5:0).

“Lester” — “Liverpul” 2:3

Gollar: Muhammad Salah, 16 (0:1). Filippe Koutino, 23 (0:2). Sindji Okadzaki, 45+4 (1:2). Jordan Xenderson, 68 (1:3). Jeymi Vardi, 69 (2:3).

Amalga oshirilmagan penalti: Jeymi Vardi, 72.

“Brayton” — “Nyukasl”

“Arsenal” — “Vest Bromvich”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют