» » Andijon viloyati hokimi: O‘qituvchi, shifokor, talabaning paxta terimiga chiqarilishi — jinoyat!

Andijon viloyati hokimi: O‘qituvchi, shifokor, talabaning paxta terimiga chiqarilishi — jinoyat!


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat faollari bilan paxta yig‘im-terimiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish tafsilotlari, hokimning undagi nutqi Andijon televideniyesi orqali namoyish etilgan. Reportajdan lavhalar va parchalar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Yig‘ilishda hokim Abdurahmonov tibbiyot xodimlari, ta’lim sohasi vakillari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalarning paxtaga chiqarilishni jinoyat deb atagan, o‘ziga biriktirilgan hududda shu toifaga kiruvchi shaxslar paxta terayotgani aniqlangan mas’ul rahbarlarni esa jinoiy javobgarlikka tortish bilan ogohlantirgan.

Yana bir bor qaytaryapman, bugundan boshlab Andijon viloyati bo‘yicha 18 yoshga to‘lmagan fuqarolarning, budjet tashkiloti xodimlarining, asosan, maktablar bo‘yicha — o‘qituvchilar, o‘quvchilar, xodimlarning, tibbiyot xodimlari — shifokorlar, hamshiralar va xodimlarning, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kollejlar bo‘yicha — o‘qituvchilar, o‘quvchilar, xodimlarning, oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha — o‘qituvchilar va talabalardan birortasining dalaga chiqishi — bu jinoyat!

Qaysi tumanda, qaysi sektorning hududida mana shu toifa xodimlar dalada paxta terayotgani aniqlanadigan bo‘lsa, rahbarga nisbatan nafaqat lavozimidan ozod etish, balki jinoiy javobgarlikkacha torttirish haqida ogohlantiraman.

Shuhrat Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют