» » Samarqandlik deputatlar Kamoliddin Qurbonovni viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi

Samarqandlik deputatlar Kamoliddin Qurbonovni viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi


22-sentabr kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 42-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. “Zarafshon” gazetasi xabariga ko‘ra, sessiyada bir qator tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Xususan, Kamoliddin Qurbonov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlangan. Mazkur lavozimda Qurbonov kimni almashtirganiga aniqlik kiritilmagan.

Hokimlik saytida 7-sentabr kuni e’lon qilingan Qurbonovning tarjimai holida u “2017-yildan hozirgi vaqtgacha” (aynan qaysi sanadanligi yozilmagan) viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi, aholi punktlarini ko‘rkamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 52 yoshli Kamoliddin Qurbonov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti bitiruvchisi (1987) sanaladi. Hokim o‘rinbosari lavozimiga kirishishidan avval 2014—2016-yillarda viloyatning Paxtachi tumaniga hokimlik qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют