» » Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 318 kishigacha ko‘paydi

Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 318 kishigacha ko‘paydi


Meksikadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 318 kishigacha ko‘paydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Fuqaro muhofazasi xizmatining milliy muvofiqlashtiruvchisi Luis Felipe Puentening ma’lum qilishicha, Mexikoda 180 kishi, Morelosda 73 kishi, Pueblada 45 kishi halok bo‘lgan.

“Mexiko shtatida qurbonlar soni 13 nafarni, Gerreroda olti, Oaxakada esa bir nafarni tashkil etgan”, — deb yozadi Puente Twitter’dagi sahifasida.

Meksikada 7,1 magnitudali zilzila 19-sentabr, seshanba kuni yuz bergan edi. Mamlakat janubidagi kuchli yerosti silkinishlari poytaxt Mexikoda o‘nlab binolarni vayron qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют