» » Bundesliga. Karlo Anchelotti va “Bavariya” 3-o‘ringa tushib ketdi, “Borussiya Dortmund” 6 ta gol urdi

Bundesliga. Karlo Anchelotti va “Bavariya” 3-o‘ringa tushib ketdi, “Borussiya Dortmund” 6 ta gol urdi


Germaniya Bundesligasining dastlabki olti turida “Bavariya” ikki bor ochko yo‘qotib ulgurdi.

Bungacha “Xoffenxaym”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan Karlo Anchelotti jamoasi, 6-turga kelib o‘z uyida “Volfsburg”ni taslim qila olmadi. Mehmonlar bunda o‘z irodasini ko‘rsata olgani diqqatga sazovor.

“Borussiya Dortmund” esa 6 ta o‘yinda 19 ta gol urib ulgurdi. Mazkur turda o‘ziga adash jamoani qabul qilgan Peter Bosh shogirdlari 6:1 hisobida ustun keldi. Avvalgi 5 ta tur davomida dortmundliklar umuman gol o‘tkazmagandi. Bu safar esa Roman Byurki va nihoyat to‘p o‘tkazib yubordi.

30 yoshli murabbiy Nagelsmann jamoasi “Xoffenxaym” turnir jadvalida ikkinchi bo‘lib turibdi. Bu safar ham xoffenxaymlik futbolchilar kuchli raqibni 2 ta gol farqi bilan taslim qila oldi — “Shalke”.

Germaniya Bundesligasi
6-tur bellashuvlari
22-sentabr, juma

Gollar: Robert Levandovski, 33-pen (1:0). Aryen Robben, 42 (2:0). Maksimilian Arnold, 56 (2:1). Daniel Didavi, 83 (2:2).

23-sentabr, shanba

Gollar: Jan-Kevin Ogyusten, 28 (1:0). Timo Verner, 67 (2:0). Ante Rebich, 77 (2:1).

Gollar: Dennis Gayger, 13 (1:0). Lukas Rupp, 90+4 (2:0).

Gollar: Maksimilian Filipp, 28 (1:0). Maksimilian Filipp, 38 (2:0). Pyer-Emerik Obameyang, 45 (3:0). Pyer-Emerik Obameyang, 49 (4:0). Pyer-Emerik Obameyang, 62 (5:0). Lars Shtindl, 66 (5:1). Yulian Vaygl, 79 (6:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют