» » O‘zbekistonlik havo gimnastlari Belarusdagi sirk festivalida qatnashdi

O‘zbekistonlik havo gimnastlari Belarusdagi sirk festivalida qatnashdi


Belarus poytaxti Minskda 21—24-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro sirk san’ati festivalida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Festivalda AQSh, Rossiya, Avstraliya, Germaniya, Ukraina, Ruminiya, Misr, Efiopiya, Litva, Latviya, Vengriya, Shimoliy Koreya, Qozog‘iston kabi 16 mamlakatning 100 dan ziyod sirk artistlari qatnashgan.

Sirk dasturida akrobatlar, janglyorlar, gimnastlar, hayvon o‘rgatuvchilar, masxarabozlar o‘zlarining yorqin nomerlarini namoyish etgan. Festivalda O‘zbekiston nomidan Rustam Hametov rahbarligidagi havo gimnastlari qatnashgan.

“Eng yaxshi nomerlar gala-konsertga taklif etildi va g‘oliblar shishadan ishlangan g‘aroyib sirk silindri bilan taqdirlanadi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют