» » O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari Las-Vegasdagi Cirque du Soleil shousida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari Las-Vegasdagi Cirque du Soleil shousida ishtirok etadi


O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari dueti — Sky Angels AQShning Las-Vegas shahrida 3-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Cirque du Soleil — One Night for One Drop (“Bir tomchi uchun bir kecha”) xayriya sirk shousida ishtirok etadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yaqindagina Monte-Karlodagi festivalda sirk “Oskar”ini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklardan tashqari, xayriya shousida akrobatlar, gimnastikachilar, kaskadyorlar, shuningdek, maxsus chaqirilgan mehmonlar— reper Redfoo, The Tenors guruhi, “Amerikada mahoratlilar bor–2016” g‘olibi Greys Vandervol, Argentinaning Malevo raqqoslar guruhi hamda “Yulduzli yo‘l” serialida Jeyms Kirk rolini ijro etgan kanadalik aktyor Uilyam Shener ishtirok etadi.

Loyihada ko‘ngilli ravishda va bepul asosda 300 ga yaqin kishi, jumladan, 63 san’atkor qatnashadi.

Chiptalar sotuvidan tushgan barcha mablag‘ ONE DROP (“Bitta tomchi”) xalqaro tashkilotining xayriya dasturlariga yo‘naltiriladi. Mazkur shou 2013-yildan buyon o‘tkazib kelinadi, dastur yordamida shu kungacha 24 million dollar jamg‘arildi.

ONE DROP – Cirque du Soleil asoschisi Gi Laliberte tashabbusi bilan yaratilgan xayriya tashkiloti. Tashkilotning maqsadi – qashshoqlikni toza ichimlik suviga yo‘l ochish orqali bartaraf etish hamda suv masalalaridan boxabarlik darajasini oshirishdan iborat.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют