» » Yuz shakliga qarab bosh kiyimi tanlaymiz (foto)

Yuz shakliga qarab bosh kiyimi tanlaymiz (foto)


Kuz-qish mavsumiga mo‘ljallangan bosh kiyimlarni tanlashda rangi ham, bichimi ham muhim rol o‘ynamaydi. Bosh kiyimi yuz mutanosibligi bilan mos kelishi kerak.

Vazifa: yuzni ortiqcha uzaytirmaslik.

Simmetriyaliligi tufayli cho‘ziqroq yuzlar namunali hisoblanadi. Bunday shakldagi yuz egalari deyarli hamma bosh kiyimlarini tanlashlari mumkin. Lekin yaxshisi baribir yirik popukli haddan tashqari baland shapkalarni tanlamaganlari ma’qul. Cho‘ziqroq yuzlarga simmetrik bo‘lmagan va peshanani yopib turadigan modeldagi bosh kiyimlar juda yarashadi.

Vazifa: yuzni cho‘ziqroq ko‘rsatish.

Kulcha yuzlarga siqib turuvchi va peshanani yopib turadigan bichimdagi bosh kiyimlar mos kelmaydi. Yuzni uzaytirishga yirik popukli uzun va to‘qilgan hajmli shapkalar yordam beradi. Har qanday tikka naqshlar ham ma’qullanadi.

Vazifa: uzunligini kamaytirib ko‘rsatish va yuzning qirradorligini tekislash.

Qo‘yilgan vazifani bajarishda yotiq chiziqlar hosil qiluvchi bichimlar yordam beradi: katta qaytarmali yumaloq, quloqchinlari yuqoriga bog‘langan shapkalar, shuningdek furajkalar. Ular peshanani yashirishga va yuzning cho‘ziqligini tekislab yuborishga yordam beradi.

Vazifa: diqqatni yonoqlarga jalb qilish.

Peshanani yopib turadigan shapkalar kerak. Asosiysi, ular haddan tashqari siqib turmaydigan bo‘lishi kerak. Agar yuzingiz uchburchak shaklda bo‘lsa, unda siz — soyaboni unchalik katta bo‘lmagan shlyapalarni, quloqchinli nozik shapkalarni, yumshoq mo‘ynali modellarni tanlaganingiz ma’qul.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют