» » Olimlar 15 yil komada yotgan odamni hayotga qaytardi

Olimlar 15 yil komada yotgan odamni hayotga qaytardi


Fransiyaning Lion shahridagi Kognitiv fanlar instituti olimlari og‘ir bosh suyak-miya travmasidan keyin 15 yil davomida koma holatida bo‘lgan odamni hayotga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”. Buni sayyor asabni elektr stimulyatsiya qilish orqali amalga oshirishgan.

“Sayyor asabni stimulyatsiya qilib, biz hammasi qo‘ldan boy berilgandek bo‘lib ko‘ringan paytda bemorning ahvolini yaxshilash va uni hayotga qaytarish mumkinligini ko‘rsatib berdik”, — dedi institut xodimi Anjela Serigu. Uning qo‘shimcha qilishicha, odam miyasi yangi aloqalarni shakllantirib, hatto shunday og‘ir vaziyatda ham o‘zini tuzata oladi.

Mutaxassislar 20 yoshida avtohalokatga uchrab, 15 yil davomida koma holatida bo‘lgan bemor bilan ishladi. Erkakning qorin bo‘shlig‘iga elektr stimulyator o‘rnatildi, uni sayyor asabning uchlaridan biriga ulashdi. Natijada erkak komadan chiqib, atrofdagilarning so‘zlari va harakatlariga reaksiya ko‘rsatishni boshladi — buyumlarni ko‘zlari bilan kuzatdi, bo‘ynini qimirlatdi, onasi unga kitob o‘qib berayotgan vaqtda uxlab qolmaydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, bemor shifokorlar va yaqinlari aytgan oddiy harakatlarni bajara oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют