» » Sushi taomining eng asosiy xavfi e’lon qilindi

Sushi taomining eng asosiy xavfi e’lon qilindi


Portugaliyalik gastroenterologlar G‘arb mamlakatlarida mashhur bo‘layotgan Yaponiya oshxnasiga tegishli sushi taomi parazitar infeksiyaning oshishini keltirib chiqarmoqda. Tegishli tadqiqot BMJ Case Reports jurnalida e’lon qilindi.

Chop etilgan maqolada mutaxassislar hayotiy misolni keltirgan. Bir hafta davomida isitma bilan kasallangan, qorin atrofidagi og‘riqlar va qayt qilish shikoyati bilan 32 yoshli erkak shifokorlarga murojaat qildi. Qon tahlili uning organizmida yallig‘lanish jarayonini aniqladi.

Dastlab bemorning kasalligi sababi nimada ekani noma’lum edi. Biroq erkak o‘zini yomon his qilishdan avval sushi tanovul qilganini aytdi. Shifokorlar bemorda anizakidoz – Anisakidae lichinkalari orqali yuzaga keladigan parazitlar kasalligi borligini taxmin qildi. Ushbu kasallik xom va kam tuzlangan baliq orqali organizmga tushadi.

Endoskopik kuzatuv jarayonida olimlar erkakning oshqozoni devorlaridagi yallig‘langan hududlariga parazit-qurt yopishib olganini aniqladi. Parazitlar olib tashlanganidan keyin bemorning sog‘lig‘i yaxshilandi.

Tadqiqot mualliflari hamkasb shifokorlarini anizakidoz simptomlariga e’tiborliroq bo‘lishni tavsiya qildi hamda baliqni iste’mol qilishdan avval uni yaxshilab tayyorlash kerakligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют