» » Italiyalik erkak 8-mart bayramiga sevgan ayoliga buyragini sovg‘a qildi

Italiyalik erkak 8-mart bayramiga sevgan ayoliga buyragini sovg‘a qildi


Italiyada ham keng nishonlanadigan 8-mart bayrami arafasida 52 yoshli erkak 44 yoshli sevgilisiga an’anaviy guldasta emas, balki o‘zining buyragini hadya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Turindagi Molinette kasalxonasi vakillarining aytishicha, og‘ir irsiy kasallik — buyraklar polikistozidan aziyat chekib kelgan bemor ayolga zudlik bilan ko‘chirib o‘tqazish operatsiyasi talab etilgan. Ikki oy avval shifokorlar donorni qidirishni boshladi, biroq ko‘p o‘tmay ayolning seviklisi unga buyragini berishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shifokorlar kerakli tahlillarni o‘tkazdi va transplantatsiyani ma’qulladi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda ikki mijoz ham mutaxassislar kuzatuvida bo‘lib, ularning holati qoniqarli ekanligi bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют